Suares "Real"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Bunday muhim o'yinlarda mag'lub bo'lish og'ir"

Alisher
13 dek 2021, 12:30
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares "Real" (0:2)dan uchralgan Madrid derbisidagi mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Bunday muhim o'yinlarda mag'lub bo'lish og'ir. Hozir mag'lubiyatni unutish lozim, qolgan o'yinlarni o'ylash va oldinga pozitivlik bilan olg'a borish kerak. Oxirigacha birga kurashamiz!", - deb yozdi urugvaylik o'z instagram sahifasida.

"Real" La Ligadagi ketma-ket 7-g'alabasini qo'lga kiritdi va 42 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilmoqda.

"Atletiko" esa 29 ochko (bitta o'yin kam) jamg'argan holda, 4-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/luissuarez9