Suares premer-liga tarixiga kirdi

Nadirkhuja Yuldashev
22 dek 2013, 03:23
"Kardiff"ga qarshi kechgan uchrashuvda dubl muallifi bo'lgan "Liverpul" hujumchisi Luis Suares premer-liga rekordini yangiladi.
Urugvaylik hujumchisi oy davomida 10ta gol urgan birinchi futbolchi bo'ldi. Dekabr oyida "Manchester Siti" va "Vest Xem" jamoalariga qarshi yana ikkita uchrashuv borligini inobatga olsak, uning rekordidagi gollari soni yanada oshishi mumkin. Shuningdek,Angliyada shu kunga qadar hech bir futbolchiga qatorasiga 4 uchrashuvda ikkitadan gol urish nasib qilmagan.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: sport-express.ru