

"O'tgan yil nima degan bo'lsam, hozir ham shunday deyman. U sifatli o'yinchi. Ammo Grizmann - "Atletiko" futbolchisi va bu holatga izoh berishni istamayman", - deydi Suares.
Oldinroq, "matraschilar" bosh direktori fransiyalik futbolchi kataloniyaliklar tarkibiga o'tishini aytib o'tgan edi.
"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu esa "Atletiko" hujumchisi bilan hech qanday aloqa bo'lmaganligini ta'kidlab o'tgan.
Futbolchi madridliklar tarkibida umumiy hisobda 257ta o'yin o'tkazib, 133ta gol urgan.




