Suares Agueroning “Barsa”ga o'tganiga munosabat bildirdi

Eldor Akmurzayev
1 iyun 2021, 19:35
“Atletiko” forvardi Luis Suares Serxio Agueroning “Barselona” a'zosi bo'lgani haqida gapirdi.

“Eng yaxshilar qatorida bo'lish – bu jiddiy chaqiruv. Kun ko'pdan beri yuqori darajada o'ynab kelmoqda. Qayerda o'ynashidan qatiy nazar, u doimo o'zi haqida yaxshi xotiralarni qoldiradi.

Jahondagi eng yaxshilar bilan birga o'ynash Aguero uchun plyus bo'ladi. U bilan Leo (Messi)ning barbekyusida tanishgandim. Men Aguero uchun va shunday ajoyib tandemni yaratgan “Barsa”dan xursandman. U qoyilmaqom futbolchi”, deydi urugvaylik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo