Stiven Jerrard: "Liverpul" va Mourinyo bir-biriga juda mos kelardi"
14 sen 2015, 22:55
"Liverpul" jamoasining sobiq futbolchisi, ayni paytda "Los-Andjeles Gelaksi" sharafini himoya qilayotgan Stiven Jerrard Joze Mourinyoni "Liverpul" rulida ko'rishni istayotganligini bildirdi.
"Mourinyo "Liverpul"ni boshqarsa ajoyib ish bo'lardi. Ular bir-biriga juda mos tushadi. Muxlislarimiz Jozeni yaxshi ko'rishadi. Joze "Liverpul" bilan muvaffaqiyat qozona olishiga ishonaman", - deydi Stiven Jerrard.