Stiven Jerard: "MYUni yoqtirmayman, ammo Mourinyo..."

Mirjalol Normatov
17 noya 2018, 19:28
"Reynjers" jamoasi bosh murabbiyi Stiven Jerard "Manchester Yunayted" va Joze Mourinyo haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uni bir so'z bilan tariflayman: g'oliblik. U g'olib murabbiy. Qachonki g'oliblar sovrin yutish uchun imkoniyati yetishiga ko'zi etsagina, shunda barchasi o'zgaradi.

"Manchester Yunayted"ni unchalik yoqtirmasligimni barcha biladi. Biroq qanday holatda bo'lmasin, Mourinyo men uchun dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo'lib qoladi. U "Yunayted" bilan bir necha sovrinlarga ega chiqib bo'ldi. Agarda uning qo'l ostida jamoa yana qandaydir sovrinlarga ega chiqadigan bo'lsa, bundan ajablanmayman.

U jamoada yaxshi ish olib bormoqda. Joze har doim futbolchilardan aybni olib tashlash uchun o'zini shunday tutadi va shu tarzda himoya qiladi. Uni hisobdan chiqarish ahmoqlik", - dedi Jerard.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports