Sterling yozda "Chelsi"ni tark etishi mumkin

Оқил Абдубарноев
1 mar 2023, 19:37
"Chelsi" yarim himoyachisi Rahim Sterling 2022 yilning iyulida qo'shilgan jamoasini shu yozda tark etishi mumkin.

Jurnalist Saymon Fillipsning so'zlariga ko'ra, ingliz futbolchisi kelasi mavsum boshiga qadar klubi ro'yxatini o'zgartirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, Sterling "Manchester Siti"dan "Chelsi"ga o'tishni tanlaganidan hafsalasi pir bo'lgan. Eslatib o'tamiz, "pensionerlar" angliyalik hujumchi uchun 50 million evrodan ko'proq mablag' sarflagandi.

Avvalroq Sterling chempionlik uchun kurashayotgan “Arsenal” e'tiborini tortayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Rahim ushbu mavsum Premer-ligada 4 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/siphillipssport