Stefano Pioli: “Milan”dagi kelajagim haqida gapirishga tayyor emasman

23 iyun 2020, 07:49
“Milan” ustozi Stefano Pioli “Lechche”ga qarshi (4:1) bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz katta kuch bilan himoyalangan jamoaga qarshi yaxshi o'yin darajasini namoyish eta oldik. Avvaliga bo'sh hududlarni topish juda qiyin kechdi. Juda ham muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Musobaqa jadvalida yuqorilab, evrokuboklar uchun imkoniyat beradigan o'rin uchun kurashishimiz lozim. Oldinda juda ko'p ochkolar olib mumkin bo'lgan o'yinlar bor. Jamoadagi kelajagim? Mish-mishlarga e'tibor qilmaslik kerak deb o'ylayman. Men futbolchilarim o'yinidan mamnunman, 100 foiz kuchimni ishga solyapman. Kelajagim haqida gapirishga tayyor emasman”, - deydi Pioli.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia