"Sporting" ustozi: "Men "Liverpul"dan hech kim bilan gashlaganim yo'q"

Sherzod Nurmatov
12 apr 2024, 13:18
Ruben Amorim ingliz klubi bilan muzokaralar o'tkazilayotgani haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

"Men "Liverpul"dan hech kim bilan gashlaganim yo'q, hech qanday muloqot ham, klub bilan kelishuv ham bo'lmadi. Men "Sporting" bosh murabbiyiman va u bilan chempionlikni qo'lga kiritishni xohlayman. Boshqa klublar vakillari bilan uchrashmadim. Ishoning, hech qanday kelishuvlar bo'lgani yo'q. Bu hikoyani tugating. Men bu haqda oxirgi marta gapiryapman", – dedi Amorim.

Oldinroq "Liverpul" Ruben Amorim bilan og'zaki kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano