"Sporting" rahbari "Aroka"dagi hamkasbiga tupurgani uchun diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2017, 11:51
Lissabonning "Sporting" klubi prezidenti Bruno de Karvalyu "Aroka"dagi hamkasbi Karlos Pinyaga tupurgani uchun yarim yilga diskvalifikaciya qilindi.

Uning raqibi ham hujum qilishga uringani uchun 20 oyga futboldan chetlatildi.

Voqea 2016 yil 6 noyabr kuni "Sporting" - "Aroka" uchrashuvida (3:0) sodir bo'lgan. Portugaliya chempionati 10-tur bahsining oxirida tribunaosti yo'lakchasida ikki prezident o'rtasida janjal kelib chiqqan. "Aroka" mamuriyati Karvalyuni Pinyaga tupurganlikda aybladi, "Sporting" bu ma'lumotni rad etdi va "Aroka" rahbari Lissabon klubi prezidentiga hujum qilishga uringanini ma'lum qildi.

Ayni damda "Sporting" o'z prezidentining diskvalifikaciyasidan norozi va Lozannadagi Sport arbitraj sudiga murojaat qilishmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP