Sport TV U-20 Jahon chempionatini namoyish etadi

27 may 2019, 19:05
Xabaringiz bor, 23 may kunidan boshlab Polshada yoshlar o'rtasida Jahon chempionati o'tkazilmoqda.

Sport TV telekanali rahbari Zohid Karimovning ma'lum qilishicha, bugundan e'tiboran ushbu musobaqa ko'rsatiladi. 

Bugun 21:00da Qatar-Ukraina va Gonduras-Urugvay, 23:30da esa Norvegiya - Yangi Zelandiya hamda AQSH - Nigeriya o'rtasida uchrashuvlar bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.

Soat 23:30dagi AQSH - Nigeriya o'yinini Bobur Akmalov sharxlab boradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia