

“Salvatore Espozito ham, Eldor Shomurodov ham boshqa futbolchilar kabi yangi joyga ijobiy tarzda ko'nikmoqda. Bu biz uchun asosiysi, yangi yigitlar jamoaga qo'shilib bormoqda. Nafaqat texnik, balki jismoniy jihatdan kuchli bo'lgan bunday futbolchilarga ega bo'lish muhim. Shu jumladan, Krollis, Cipot ham. Shomurodov uchun juda xursandmiz, shu kabi boshqa futbolchilar uchun ham.
N'zola biz uchun qanchalik muhimligi bilamiz, ammo boshqa futbolchilar, shu jumladan, Shomurodov va Krollisga vaqt kerak. Ular tezda kirishib ketishgani va yangi joyda o'zini ko'rsatishayotganidan ko'nglimiz to'lmoqda. Chempionatdagi yurishimizni davom ettiramiz, ular bizga yordam qo'lini cho'zishadi va biz yaxshi ishlarni amalga oshiramiz", deydi Loreri.



