"Spartak Toshkent" - Xitoydagi musobaqada kumush medaliga ega chiqdi!

Narzulla Saydullayev
19 avg 2017, 17:01
O'zbekistonning "Spartak" klubi Xitoydagi xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Shenyang shahrida bo'lib o'tgan "Gothia Cup" musobaqasida dunyoning ko'plab mamlakatlaridan kelan jamoalar qatorida Sergey Arslonov boshchiligidagi Toshkentning "Spartak" jamoasi ham ishtirok etdi.

"Spartak" bugun musobaqaning finalida Urumchi klubiga qarshi maydonga tushib 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Raqib jamoa a'zolari bir yosh katta ekanliklarini takidlash lozim. 

O'zbekiston sharafini munosib himoya qilgan "Spartak Toshkent" klubi yigitlariga keyingi faoliyatlarida ham omad tilaymiz! 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia