"Spartak Toshkent" Xitoydagi musobaqada ketma-ket uchta g'alabaga erishdi!

Narzulla Saydullayev
16 avg 2017, 10:20
O'zbekistonning "Spartak" klubi Xitoydagi xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etadi.

Shenyang shahrida o'tadigan "Gothia Cup" musobaqasida dunyoning ko'plab mamlakatlaridan kelan jamoalar qatorida Sergey Arslonov boshchiligidagi Toshkentning "Spartak" jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Sergey Arslonov boshchiligidagi jamoamiz ilk o'yinda "Dong Machong"ni 3:0 hisobida taslim qilgan haqida xabar bergandik. Keyingi turlarda "Spartak" "Shenyang Sports"ni 2:1 va "Liexuo"ni 4:0 hisoblarida mag'lub etib guruhda 100 foizli natija bilan birinchi bo'ldi!

Ushbu musobaqada 40dan ortiq davlatdan kelgan 300ga yaqin jamoa ishtirok etmoqda.

1-tur
"Spartak" - "Dong Machong" (Xitoy) 3:0
"Shenyang Sports" (Xitoy) - "Liexuo" (Xitoy Taypei) 2:0

2-tur
"Shenyang Sports" - "Spartak" 1:2
"Dong Machong" - "Liexuo" 3:0

3-tur
"Dong Machong" - "Shenyang Sports" 1:1
"Liexuo" - "Spartak" 0:4


Endi "Spartak" musobaqaning nimchorak finalida boshqa guruhda ikkinchi o'rinni olgan Xitoyning "Xaishi" klubiga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv 17 avgust kuni bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia