

Shenyang shahrida o'tayotgan "Gothia Cup" musobaqasida dunyoning ko'plab mamlakatlaridan kelan jamoalar qatorida Sergey Arslonov boshchiligidagi Toshkentning "Spartak" jamoasi ham ishtirok etmoqda.
"Spartak" bugun musobaqaning yarim finalida Xitoy "Ksinming" klubi qarshi maydonga tushib 2:0 hisobida g'alabaga erishib hal qiluvchi bahsga yo'l oldi. Gollarga Muhammadali O'rinboev, Jamshid Toirjonov mualliflik qilishdi. Finalda "Spartak" Urumchi klubiga qarshi o'ynaydi. Raqib futbolchilarinig yoshi bir yosh katta ekanligini ham qo'shimcha qilish lozim.
O'zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan "Spartak Toshkent" klubi yigitlariga finalda ham omad tilaymiz! Yurtimizga kubok bilan qaytishlariga tilakdoshmiz!



