"Spartak Toshkent" Xitoydagi musobaqada chorak finalga chiqdi!

Narzulla Saydullayev
17 avg 2017, 12:19
O'zbekistonning "Spartak" klubi Xitoydagi xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etadi.

Shenyang shahrida o'tayotgan "Gothia Cup" musobaqasida dunyoning ko'plab mamlakatlaridan kelan jamoalar qatorida Sergey Arslonov boshchiligidagi Toshkentning "Spartak" jamoasi ham ishtirok etmoqda.

"Spartak" musobaqaning nimchorak finalida boshqa guruhda ikkinchi o'rinni olgan Xitoyning "Xaishi" klubiga qarshi maydonga chiqdi va 3:0 hisobida taslim qilishdi. 
Musobaqaning chorak finalida "Spartak" Janubiy Afrika Respublikasining "Jomocosmos Academy" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv bugun tushdan keyin bo'lib o'tadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia