Spaletti yana A Ceriyada ish boshlashi mumkin

1 may 2020, 07:25
Luchanoga Florenciya klubidan qiziqish bor.

Ma'lum qilinishicha, yozgi transferlar vaqtida “Fiorentina” klubida murabbiy o'zgarishi mumkin. Florenciyaliklar jamoa bosh murabbiyi lavozimini Luchano Spalettiga ishonib topshirish niyatida. Qayd etish lozim, 61 yoshli mutaxassis ayni damda ishsiz. Spalettining so'nggi klubi “Inter” bo'lgan edi, u klubdan 2019 yilda ketgan.

Luchanoning xizmatlariga “Roma”, “Milan” hamda “Nyukasl”dan qiziqish borligi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Nazione