So'rovnoma. OCHLda qaysi jamoaning o'yini yoqdi?

5 mar 2015, 16:46
Osiyo chempionlar ligasida 2-tur bahslari yakuniga etdi.
Ushbu musobaqada bizdan ishtirok etayotgan to'rtta jamoadan ikkitasi ("Paxtakor", "Lokomotiv") durang qayd etgan bo'lsa, yana ikkitasi ("Bunyodkor", "Nasaf") mag'lubiyatga uchradi.

2-turdagi natijalarni yana bir eslatib o'tamiz. "Bunyodkor" - "Persepolis" (0:1), "Al Shabab" - "Paxtakor" (2:2), "Lokomotiv" - "Fulad" (1:1), "Al Ahli" - "Nasaf" (2:1).

Mana shu to'rtta uchrashuvdan kelib chiqib aytganda, qaysi jamoamizning o'yini yoqdi? Yani, OCHL 2-tur yakunlariga ko'ra, bizdan qaysi jamoaning o'yinini nisbatan qiziq deb hisoblaysiz? Marhamat, so'rovnomada ishtirok eting va o'zingizga maqul kelgan variantni tanlang.

So'rovnoma: OCHLda qaysi jamoaning o'yini yoqdi?

1-variant: "Bunyodkor"
2-variant: "Paxtakor"
3-variant: "Lokomotiv"
4-variant: "Nasaf"
5-variant: Hammasi
6-variant: Hech qaysi

Manba: championat.asia