

Ispaniyalik tajribali hakam Mateu Laos faoliyatini tez orada yakunlaydi.
Jurnalist Gaston Edulning ma'lum qilishicha, hakam ushbu mavsum oxirida o'z faoliyatini yakunlaydi.
45 yoshli hakamning oxirgi o'yinlari bahslarga sabab bo'lgandi. Hakam oxirgi uch o'yinida 31 ta sariq 4 ta qizil kartochka ko'rsatdi. Jahon chempionati 1/4 finalidan o'rin olgan Niderlandiya va Argentina o'rtasidagi o'yindan so'ng hakam musobaqani tugatgandi. O'sha o'yinda ikki jamoa ham hakamga nisbatan noroziliklar bildirishgandi.
Avvalroq, Laos La Liga 16-turida birorta o'yinga tayinlanmaganligi ma'lum bo'lgandi.



