Son: “Hech qachon o'zimni APLdagi eng yaxshi o'yinchilar qatoridaman deb o'ylamaganman”

Eldor Akmurzayev
14 noya 2020, 20:00
Oktyabr yakunlariga ko'ra Angliya chempionatida “oy futbolchisi” deb topilgan “Tottenxem” forvardi Son Xyon Min shaxsiy yutug'i haqida fikr bildirdi.

“Hech qachon o'zimni APLdagi eng yaxshi o'yinchilar qatoridaman deb o'ylamaganman. Rosti, bunday o'y hayolimga ham kelmagan.

Men doimo barcha jihatlarimni ko'rsatgan holda, “Tottenxem” va terma jamoa uchun bor kuchim bilan o'ynashga harakat qilaman”, deydi Son.

Eslatib o'tamiz, koreyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining oktyabrida 3 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ochko(4+2) jamg'argandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports