Solari: "O'yinchilar inqirozdan chiqib ketishga tayyor"

Tolibjon Qosimov
14 noya 2018, 12:34
Santyago Solari "Real" murabbiyi etib tayinlandi.

U "Qirollik klubi" boshqaruvidagi 4 o'yinni omadli o'tkazdi va klub bilan 2021 yilning iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

"Bu jangchilar va chempionlar jamoasi. Ularning har biri jamoaga g'alabalar keltirishgan. Hozir oddiy vaziyat emas. Lekin, o'yinchilar inqirozdan chiqib ketishga tayyor ekanliklarini ko'rayapman.

Bu yerda ekanligimdan va bu chaqiruvni qabul qilganimdan xursandman. "Real"da ishlash - ajoyib imkoniyat", - deya Solarining so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com