

Tarkibida bir qator o'zgarishlar bo'ldi. Mashg'ulotlarda ham yangi futbolchilar ishtirok etmoqda .
Jizzax viloyati tarbiyalanuvchisi, mavsumni Nasaf tarkibida boshlagan Sanjar Rashidov yana jamoa bilan birga. Bir muddat Mashal jamoasida harakat qilgan xujumchi Ixtiyor Toshpo'latov ham tarkibga kelib qo'shildi. “Bunyodkor” jamoasi tarbiyalanuvchilari Nuriddin va Shoxjahon Xasanovlar Sergey Ivanovich qo'l ostida mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. O'zbekiston yoshlar va milliy terma jamoasida harakat qilgan, “Paxtakor”dagi o'yinlari bilan barchaga tanish bo'lgan Javohir Soxibov ham So'g'diyona bilan birga. Viloyat bosh jamoasi qolgan o'yinlarda kerakli ochkolarni to'plab, mavsumni yuqori o'rinlarda yakunlash maqsadida bir qator tajribali legionerlarni o'z safiga qo'shib olmoqda.

Rossiyaning Moskva, Ximki, Luch Energiya, Rotor, Belarussiyaning “Dinamo” Minsk, “Shaxtyor” jamoalarida faoliyat olib borgan darvozabon Ilya Gavrilov, “Napredok”, “Byulis” Skope, Metallurg Skope, 2016-2017 yillarda Pembruk Atleta, 2017 yilda Belorussiya klubi Torpedo-BelAZ, makedon jamoasi Shkendiyu da to'p so'rgan va mavsumni Muborakning Mashal jamoasida boshlagan himoyachi Jalil Asanilar ham jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda.

Ertadan jamoaning yig'inni poytaxtda davom ettiradi. Toshkentdagi yig'in davomida ham jamoa tarkibiga bir qator tajribali futbolchilar va legionerlar qo'shilishi kutilmoqda. Bizni kuzatib boring va barcha ishonchli ma'lumotlar So'g'diyonaning rasmiy sahifalari orqali taqdim etib boriladi.




