

"So'g'diyona"ishtirokidagi o'yinlarni stadiondan turib yoritishni istagan OAV hodimlari 2017 yilning 6-22 fevral sanalari oralig'ida akkreditatsiya uchun zarur bo'lgan hujjatlarni klub matbuot xizmati elektron pochtasi (jfcsogdiana@gmail.com yoki dora_sh@mail.ru)ga jo'natishlari kerak bo'ladi.
OAV vakillari akkreditatsiyadan o'tishlari uchun taxririyat yoki televidenie rasmiy blankida bosh muharrir tomonidan imzo chekilgan va muhr bilan tasdiqlangan rasmiy xat yuborishlari lozim bo'ladi. Rasmiy xatda OAVning to'liq nomi va yo'nalishi, guvohnoma raqami hamda ish joyining bog'lanish uchun tel raqami ko'rsatilishi kerak. Shu bilan birga, ilova tarzida 3x4 o'lchamdagi fotosurat va akkreditatsiyadan o'tayotgan jurnalistning pasport nusxasi (elektron shaklda) jo'natilishi lozim bo'ladi.
"So'g'diyona" matbuoti xizmati



