“So'g'diyona” ni sentyabr oyida qanday bahslar kutmoqda?

Narzulla Saydullayev
29 avg 2017, 21:45
Mavsumning ikkinchi davrasi ilk o'yinlari grand jamoalariga qarshi bo'lib o'tdi.

Jamoa  16 va 17 turlarda o'z maydonimizda “Bunyodkor” va “Lokomotiv” ni qabul qilgan bo'lsa,safarda “Olmaliq”qa qarshi bahs bo'lib o'tdi. Oliy liganing 19-turida bo'lib o'tishi lozim bo'lgan “So'g'diyona”-“Nasaf” uchrashuvi milliy terma jamoa o'yinlari sababli noma'lum muddatga qoldirilgani haqida xabar bergan edik.

Jamoa sentyabr oyida ilk bahsni safarda “Obod”ga qarshi o'tkazadi. O'yin 7 sentyabr (payshanba) kuni Toshkentda o'tkaziladi. Oliy liganing 21-turida jamoa o'z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi.Bahs 16 sentyabr (shanba) kuni bo'lib o'tadi. Ushbu bahsdan so'ng jamoa Farg'ona vodiysiga safar qiladi va 22 sentyabr (juma) kuni “Neftchi”ga qarshi maydonga tushadi. “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadigan yana bir bahs “Dinamo” ga qarshi bo'lib o'tadi. Jamoa o'z maydonida samarqandliklarni 30 sentyabr (shanba) kuni qabul qiladi.Shuningdek, yoshlar ligasi bahslari  asosiy tarkib o'yinlaridan bir kun oldin bo'lib o'tadi.

“So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz