

Rahbariyat Fayzievning o'rniga yangi murabbiy olib kelish harakatida yuribdi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "So'g'diyona" "Paxtakor" va "Neftchi"ning sobiq ustozi Murod Ismoilovga qiziqib qolgan. Agar tomonlar kelishuvga erisha olishsa Ismoilov ikkinchi davrani "So'g'diyona" ustozi sifatida boshlaydi.



