"So'g'diyona" bosniyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Alisher Ostonov
22 yanv 2023, 14:01
Jizzahning "So'g'diyona" klubi o'z tarkibiga Jenan Zajmovichni qo'shib oldi.

"Yangi mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz tarkibini tajribali futbolchilar evaziga kuchaytirishda davom etmoqda. "So'g'diyona" bosniyalik legioner hujumchi Jenan Zajmovich bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 

Jenan Zajmovich 1994 yil 11 noyabrda tavallud topgan.

Futbolchi shu kungacha Xorvatiyaning "Lokomotiv", "Sesvite" Bosniyaning "Travnik", "Jeleznichar", "Velez Mostar" jamoalarida o'ynagan. Uning so'ngi jamoasi Serbiyaning "Radnik" klubi hisoblanadi", - deyiladi "So'g'diyona" klubi xabarida.

Zajmovich Belgiyada tug'ilgan, ammo faqatgina Bosniya va Gertsegovina fuqaroligiga ega.

Oldinroq, saytimiz orqali jizzahliklar safiga markaziy himoyachi Tarik Isich va hujumchi Jenan Zajmovich kelib qo'shilganini ma'lum qilgandik.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia