“So'g'diyona” 2 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
19 fev 2018, 14:15
Ayni damda Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "So'g'diyona" klubining murabbiylar shtabi jamoaga yangi futbolchilarni jalb etishmoqda.

“Metallurg” jamoasida ajoyib mavsum o'tkazgan Alisher Ziyovuddinov va “Buxoro” dan Tohir Shamsitdinovlar bilan rasmiy shartnomalar imzolandi va ular bo'lajak mavsumda jizzaxliklar sharafini himoya qilishadi.


Ertaga  jamoa navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Sparring raqib -  Tojikistonning “Istiqlol” klubi. Bellashuv ertaga soat  12:00 da “Bunyodkor” akademiyasi maydonida bo'lib o'tadi.

“So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia