

"Ajoyib o'yin bo'ldi. Bizda ham, raqibda ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Afsuski, foydalanishda omadimiz kelmadi. Tanaffusdan keyin ham gol urib, g'alaba qozonib ketishimiz mumkin edi. Shaxsan o'zimda ham qulay vaziyat yuzaga keldi, lekin bundan foydalana olmadim. Hech bo'lmaganda, bittasidan foydalanishimiz kerak edi.

Superliga yo'llanmasidagi imkoniyatimizni qo'ldan chiqardik. Hammasi o'z qo'limizda edi, biroq muvaffaqiyatsiz natijalar sababli Superliga yo'llanmasidan mosuvo bo'ldik", – dedi Sindarov.



