Smolling: "Feyenoord" ko'p vaziyatlar yaratmadi, ammo MYU ham etarlicha harakat qilmadi"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2016, 10:49
"Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smolling "Feyenoord"ga qarshi Yevropa ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Biz o'yinni yaxshi boshladik va kerakli natijaga erishamiz deb o'ylagandik. Guruhda yaxshi start olmoqchi bo'ldik, ammo o'zimizning odatiy saviyamizdan past o'ynadik. "Feyenoord" juda ko'p vaziyat yarata olgani yo'q, lekin biz ham etarlicha harakat qilmadik.

Mag'lubiyat tufayli guruhning ikkinchi o'yinida bosim ostida bo'lamiz. Ammo guruhni birinchi o'rin bilan yakunlash uchun bizda yana beshta uchrashuv bor" - deydi Smolling.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com