Slimani "Chelsi" bilan kelishuvga erishdi

28 yanv 2020, 22:27
Ijara asosida "Monako" sharafini himoya qilayotgan "Lester" hujumchisi faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishga yaqin turibdi.

Bu haqida "Daily Mirror" nashri xabar qildi. 31 yoshli jazoirlik futbolchi "Chelsi" bilan 2 yillik shartnoma imzolashi takidlangan. U tez orada Londonda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Avvalroq Slimaniga "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" klublari da'vogarlik qilayotgani haqida xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, Jazoir terma jamoasi futbolchisi joriy mavsum 14 o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 7tadan gol va samarali uzatma yozdiri qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mirror