Skoulz: "Reshford MYUdan tezroq ketgani yaxshi"

Omonjon To`xtamirzayev
30 yanv 2025, 11:36
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Skoulz hujumchi Markus Reshford jamoadan ketgani yaxshi, deb hisoblamoqda.

"Menimcha, Reshford o'z harakatlari bilan ko'pchilikni ranjitdi, balki murabbiy aynan shuni nazarda tutayotgandir. Endi yosh futbolchilarni o'ylang, xayolimga Alexandro Garnacho kelmoqda. Ular aynan Markusga o'xshagan insonlardan o'rnak olishadi-ku, u 27 yoshda va kerakli darajada mashg'ulotlarda mehnat qilmayapti, hayot tarzi ham noto'g'ri.

Ha, u o'yinlarda maydonga tushishdan bosh tortmayapti, lekin uning mashg'ulotlardagi ishtiroki va maydondan tashqarida o'zini tutishi... Qaysidir manoda u bu jamoa bilan ishlash niyati yo'qligini namoyon qilmoqda, bu holat klubdagi boshqa futbolchilarga ham ta’sir qilishi hech gap emas, uni kiyim alishtirish xonasiga kiritmaslik kerak.

Bu holat, etmaganiga yosh futbolchilarning ko'z o'ngida, davom etaversa, Markus "Manchester Yunayted"dan tezroq ketgani yaxshi".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: thesun.co.uk