Skoulz: "Pogba top-futbolchi bo'lish uchun miyasini biroz ko'proq ishlatishi kerak"

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2018, 16:19
"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Pol Skoulz barqarorlik yo'qligi tufayli Pol Pogbani tanqid qildi.

"Menimcha, Polga barqarorlik yetishmayapti. Pogba bu hafta yorqin o'yin ko'rsatgan bo'lsa, keyingisida yaxshi harakat qila olmaydi.

Hozir u 3-4ta uchrashuvda yaxshi o'yin ko'rsatadigan futbolchiga o'xshaydi. Agar sovrin yutishni istasangiz, bu etarli emas.

U "Yuventus"da o'ynagan paytidek jamoaviy futbolchiga aylanishi kerak.

Pogba kuchli yigit. U yugura oladi, texnikasi yaxshi, ammo top-futbolchi bo'lish uchun Pol miyasini biroz ko'proq ishlashitishi kerak" - deydi Skoulz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal