

"Bavariya"ni "Barselona"ga juda yaqin kelgan jamoa deb bilaman, ammo "Barsa" o'tgan mavsumda ularni er tishlatdi. Hozir "Bavariya" ancha kuchaydi: Ular o'zini juda yaxshi ko'rsatayotgan Duglas Kostani taklif qilishdi. O'tgan yili ularda Robben va Riberi yo'q edi, hozir Robben safda. Agar bu yil ham ushbu jamoalar to'qnash kelsa, juda qiziq bahs bo'lar edi, ammo men "Barselona" g'alaba qozonadi deb o'ylayman.
Hozir "Barsa" va "Bavariya" qolgan klublardan ancha ilgarilab ketdi. "Real" ularga yaqinroq bo'lishi mumkin, ammo juda yaqin keladigani yo'q" - deydi Skoulz.



