Skaloni hujumchilar Messi va Agueroni termaga qachon chaqirishini aytdi

Mirjalol Normatov
13 okt 2019, 15:56
Argentina termasi bosh murabbiyi Lionel Skalonining aytishiga ko'ra, hujumchilar Leo Messi hamda Serxio Aguero keyingi oydan termaga qaytishadi.

"Messi diskvalifikaciyasi sababli termada emas, Agueroning esa muammolari bor. Ular keyingi oydan termaga qaytishadi", - dedi Skaloni.

Hakamlarga qilgan tanqidi uchun Messi KONMEBOL tomonidan diskvalifikaciya qilingan. Shuningdek, u hozirda jarohatidan davolanish bilan band. Aguero esa APL to'purarlari reytingida ikkinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal