

Yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini Argetina terma jamoasi ustozi Lionel Skaloniga nasib qildi. Skaloni 2022 yilda Italiyani mag'lub etib, Finalissima va Qatardagi mundialda jahon kubogi g'olibiga aylandi.
Eng yaxshi darvozabon sovrinini ham argentinalik qo'lga kiritdi. Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines ushbu sovrinni uyiga olib ketdi.



