“Siz “Qo'qon-1912”da o'ynashni istaysizmi?” turniri start oldi

Narzulla Saydullayev
10 dek 2014, 17:53
Avval xabar berganimizdek, Qo'qonda 1996-98 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida musobaqa boshlandi.
“Siz “Qo'qon-1912”da o'ynashni istaysizmi?” shiori ostida o'tkazilayotgan turnirda jami 8ta jamoa ishtirok etmoqda.
Bugun musobaqa qatnashchilari ikki guruhga ajratildi.
 
“A” guruhi
“Qo'qon-1912”
– Qo'qon shahri. Bosh murabbiy: Muhsin Nizomiddinov
“Kimyogar” – Qo'qon shahri. Bosh murabbiy: Ibrohim Mamadiev
“AOZK” – Andijon. Bosh murabbiy: Temur To'xtasinov
“Zafar” – Uchko'prik tumani. Bosh murabbiy: Olimjon Yuldashev

 “V” guruhi
“Parvoz”
– O'zbekiston tumani. Bosh murabbiy: Samandar Meliboev
“Spartak” – Qo'qon shahri. Bosh murabbiy: Narimon Asanov
“Atlaschi” – Marg'ilon shahari. Bosh murabbiy: Jamshid Qosimov
“Istiqlol” – Qo'qon shahari. Bosh murabbiy: Vohid Hakimov

Bugun turnirning 1-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Barcha uchrashuv shahardagi “Markaziy” stadionda bo'ldi. Aytish lozimki, bahslarda har bir taym 35 daqiqadan iborat bo'lmoqda. Mahalliy referilar Rustam Tolibjonov va Nodir Toshmatov turnir davomida hakamlik vazifasini bajarmoqda.

Bugungi o'yinda quyidagi natijalar qayd etildi
“Qo'qon-1912” – “Kimyogar” 5:1
“Parvoz” – “Spartak”
“AOZK” – “Zafar” 3:1
“Atlaschi” – “Istiqlol” 3:1

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia