Sirdaryo viloyati hokimi "Yangier"ga moddiy yordam bermoqda

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2022
Sirdaryo viloyatining jamoasi “Yangier-quruvchi” klubiga viloyat hokimi G'ofurjon Mirzaev e'tibor qaratib, moddiy tomondan yordam berib kelmoqda.

Jumladan, kuni kecha viloyat hokim o'rinbosarlari va viloyat sport boshqarmasi boshlig'i jamoa mashg'ulotlariga tashrif buyurib, futbolchilar bilan muloqot o'tkazdi.

Muloqot davomida futbolchilarning ikki oylik ish haqlari hamda ularning sport kiyimlari (epikrovka) uchun viloyat hokimi tomonidan yuborilgan mablag'ni jamoa futbolchilariga topshirildi.

Shuningdek futbolchilar oldiga jamoa natijalarini yanada yaxshilash va oldinda turgan o'yinlarda muvaffaqiyat qozonish kerakligi takidlandi.


"Yangier-quruvchi" klubi matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia