

Guliston shahrida davom etayotgan Navro'z tantanalari va sayli chog'ida Abbos Fayzullaevning ota-onasiga “Umra” safariga yo'llanma sovg'a qilindi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliev tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etib, xalqimizni ayyom bilan tabrikladi.
Shuningdek, futbol bo'yicha U-20 Osiyo Kubogi g'olibi, chempionatining “Eng yaxshi futbolchisi” sirdaryolik Abbos Fayzullaevning ota-onasiga viloyatimiz ahli nomidan “Umra” safariga yo'llanma sovg'a qildi.



