Simone Verdi “Napoli”ga o'tadi

21 mar 2018, 07:55
“Bolonya” yarim himoyachisi Neapolga ko'chib o'tadi.

Xabar berilishicha, “Napoli” yana “Bolonya” yarim himoyachisi Simone Verdi borasidagi muzokaralarni boshladi. “Bolonya” qishki transferlar vaqtida Verdini “Napoli”ga sotishdan bosh tortgan edi. Endi esa klublarning o'zaro kelishib olganligi aytilmoqda.

Neapol klubi rahbariyati Simone uchun 22 million evro va bonuslarni taklif etmoqda. Simone Verdining o'zi ham “Napoli”ga o'tishga rozilik berib ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport