Simone Inzagi "Inter"ning muammolarini aytdi

Mirjalol Normatov
16 apr 2023
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi jamoadagi muammo haqida gapirdi.

"Statistikalar bizni YCHL va Italiya Kubogidan ko'ra, A Seriyada yaxshiroq ekanligimizni ko'rsatmoqda. Biroq natijalar buni tasdiqlamayapti. Hozir biz nima qilsak ham raqib darvozabonlari - Ochoa, Drongovski va boshqalar uchrashuvning eng yaxshilari bo'lmoqda.

Jamoadagilar ochko va g'alabalar kerakligini tushunib turibdi. 2023 yilda biz o'z darajamizdagi kabi o'ynay olmayapmiz. 16 oy davomida muntazam gol urib keldik, eng yaxshi hujum chiziqlaridan biri bizda bo'ldi, endi esa vaziyatlardan foydalanish anchagina kamaydi. Jamoa vaziyatlar yaratmoqda, biroq bizga buni yakunlash muhim.

Chempionatda "Milan"dan 2 ochkoga ortda qolyapmiz. Bizda YCHL pog'onasiga joylashish uchun barchasi etarlicha. Biroq "Juzeppe Meacca"dagi mag'lubiyat bizni ogohlikka chaqirishi kerak. Jamoa yaxshi, vazifalarni bajara oladi. Biz Italiya Kubogi va YCHLdagi ishtirokni davom ettiryapmiz.

YCHLda boshqa kayfiyat, chempionatda boshqa kayfiyat degan fikrga esa qo'shilmayman", - dedi Inzagi.

"Inter" 5 o'yindan buyon A Seriyada g'alaba qozona olmayapti. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 19 aprel kuni YCHL doirasida "Benfika"ga qarshi bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal