Simeone: "Real"ni tabriklayman, lekin ular bizni xavotirga solmayapti"
Aziz Tukhtamuradov
18 apr 2014, 09:28
Madridning "Atletiko" jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone "Real"ni kubok finalidagi g'alabasi bilan tabrikladi, deya xabar tarqatmoqda ispan matbuoti.
“Real”ni g'alaba bilan tabriklayman va meni bu jamoaning o'yin saviyasi xavotirga solmaydi. Biz xozir “Elche”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinga bor e'tiborimizni qaratganmiz”, - deb aytib o'tdi Simeone.