Simeone Messi haqida: "Suaresdan Messiga qo'ng'iroq qilib, uning "Atletiko"ga minimum bo'lsa ham o'tish ehtimoli bor yoki yo'qligini so'radim"

Alisher
13 okt 2021, 09:48
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Lionel Messining transferini amalga oshirishga uringani haqida gapirdi.

"Men bo'lgan barcha narsani aytib beraman.

Hurmat sabab o'zim Messiga qo'ng'iroq qilmadim, ammo Luis Suaresdan buni qilishni so'radim. Men Leodan uning "Atletiko"ga transferi bo'yicha ozgina bo'lsa ham imkoniyat bor yoki yo'qligini bilmoqchi edim.

Ammo, tez orada PSJ transfer borasida rasmiy ma'lum berdi.

Agar siz mendan Messi qayerda o'ynashi kerak deb so'rasangiz, g'alaba qozonishni xohlaydigan jamoada deb javob bergan bo'lardim. G'alaba qozonish uchun nima qilishni biladigan jamoada", - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As