Simeone mavsum oxirida "Atletiko"ni tark etadi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023, 14:07
Argentinalik mutaxassis allaqachon klub rahbariyatini qarori haqida xabardor qilgan.

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone 2022/23 yilgi mavsum yakunida jamoadan ketadi. Bu haqda "El Chiringuito" nashri jurnalisti Pako Garsiya Karidada xabar berdi.

52 yoshli Simeone 2011 yildan beri "Atletiko" bosh murabbiyi sifatida ishlayapti. U klub bilan ikki marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi. Shuningdek, Yevropa Superkubogi, Ispaniya Kubogi, Yevropa Ligasi sohibi bo'ldi va ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqdi.

"Atletiko" ushbu mavsum unchalik yaxshi ko'rinmayapti. Madrid jamoasi Chempionlar Ligasidan chiqib ketgan, La Ligada esa 5-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Chiringuito