Simeone: "Har bir katta jamoaga top-darvozabonlar kerak"

Mirjalol Normatov
13 may 2018, 13:59
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone darvozabon Yan Oblakni jamoada saqlab qolmoqchi.

"Jamoamizda Oblak kabi darvozabon borligidan xursandman. Avvaliga unda yangi jamoasida qiyin bo'lgandi, biroq endi u dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri.

Umid qilamanki, Yan jamoamizda qoladi. Har bir top-jamoaning top-darvozaboni bo'lishi kerak", - dedi Simeone.

Oldinroq Oblak "Real" yoki "Liverpul"ga o'tishi mumkinligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana