Simeone: "Hakam penalti qo'yishi uchun "Atletiko" futbolchisi o'lishi kerak"

Aslanov Jasurbek
5 fev 2018, 13:55
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Valensiya"ga qarshi LaLiganing 22-tur uchrashuvidagi (1:0) hakamlikdan nolidi.

"Qachon biz ham penalti tepishimiz mumkinligini bilmayman. Agar "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda Godin bilan bog'liq vaziyat penaltiga tortmasa, demak, hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatishi uchun bizning futbolchimizni o'ldirishlari kerak" - deydi Simeone.

"Valensiya"ga qarshi bahsda "Atletiko" himoyachisi Diego Godin raqib jarima maydonchasida to'p uchun kurashda tishlaridan ayrildi, biroq hakam penalti belgilamadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca