Simeone "Atletiko"ning transfer maqsadini belgilab oldi

Alisher
23 dek 2021, 17:16
Madridning "Atletiko" klubida mudofaa chizig'i bilan bog'liq muammo paydo bo'ldi.

Shu sabab klub rahbariyati hozirda "Kalyari"da o'ynayotgan urugvaylik himoyachi Diego Godinni qaytarishni rejalashtirmoqda.

Tomonlar doimiy aloqada. Diegoning transferiga shaxsan madridliklar ustozi Simeone qiziqmoqda. Bitim yanvardagi transfer oynasida imzolanishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli urugvaylik "Atletiko"da 2010-2019 yillarda o'ynagan, shundan so'ng A Seriyaga yo'l olgan edi. Uning "Kalyari" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes