Simeone “Atletiko” rahbariyatidan “Napoli” futbolchisini sotib olishni so'radi

15 iyul 2020, 09:17
Diegoga Allan kerak.

Diego Simeone Madrid klubi rahbariyatidan “Napoli” yarim himoyachisi Allanni sotib olishni so'radi. “Atletiko” ham bunga javoban “Napoli”ga braziliyalik xavbek transferi yuzasidan so'rov yuborgan.

Ayni damda Allanning xizmatlariga “Everton” ham qiziqish bildirmoqda. Karlo Anchelotti ham shaxsan o'zi futbolchini jamoasida ko'rish niyatida.

Avvalroq Allanning o'zi yangi chaqiruvlarga tayyorligini va “Napoli”ga faoliyati oxirlab qolganini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/NicolaSchira