Simeone 2021 yil uchun tilak haqida: "Bunday paytda futbol haqida o'ylash xudbinlik, shunchaki sog'-salomat bo'ling"

Alisher
31 dek 2020, 10:15
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionati 16-tur doirasidagi "Xetafe" (1:0)ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Xetafe"ga qarshi o'ynash doim qiyin. Dastlabki 30 daqiqada xohlaganimizdek o'ynadik va gol urdik, bundan tashqari Lemarda ham ajoyib vaziyat bo'ldi. Biz o'yin taqdirini hal etishimiz kerak edi.

Keyin esa "Xetafe" o'yinni o'z qo'liga oldi. Bizda ham, ularda ham vaziyat bo'lmadi, bu esa intriganing so'nggi sekundlargacha saqlanib qolishini anglatardi. Barchaga ma'lumki, 1:0 - juda xavfli hisob.

2021 yildagi futboldagi istaklar? Bunday vaqtda futbol haqida o'ylab xudbinlik. Shunchaki sog'-salomat bo'ling", - deydi Simeone.

Eslatib o'tamiz, "El Cholo" kecha "Atletiko" bosh murabbiyligidagi 500-o'yinini o'tkazdi. Uning jamoasi hozirda La Ligada yaqqol yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As