Shveytsariya safarda Shimoliy Irlandiyadan ustun keldi

10 noya 2017, 03:01
Belfast shahridagi “Uindzor Park” stadionida JCH-2018 final bosqichi uchun kurash olib borayotgan Shimoliy Irlandiya va Shveytsariya terma jamoa o'zaro kuch sinashishdi.

Uchrashuvning 58-daqiqasida mehmonlar a'zosi Rikardo Rodrigesning 11-metrlik jarima zarbasidan kiritgan goli o'yinda yagonaligini saqlab qoldi va javob bahsi oldidin Shveytsariya termasi mundialga yo'l olish uchun muhim qadam tashladi.

Mazkur jamoalar o'rtasida 12 noyabr kuni Bazel shahrida bo'ladigan javob o'yini JCH yo'llanmasi sohibini aniqlab beradi.


Shimoliy Irlandiya – Shveytsariya 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 58, penalti Rodriges.

Shimoliy Irlandiya – Makgovern, Evans, Makoli, Maklaflin, Norvud, Brant, Devis, Evans (Sevill, 65), Dallas (Uord, 52), Madjennis, Laferti (Uoshington, 78).

Shveytsariya –Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner, Akandji, Djaka, Zakariya, Djemaili (Fray, 83), Shakiri, Cuber (Mexmedi, 87), Seferovich (Embolo, 77).

Ogohlantirish: Sher (5), Evans (57).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia