Shvaynshtayger va Getce Germaniyaning navbatdagi o'yinlarida ishtirok etishmaydi

Narzulla Saydullayev
1 sen 2013, 11:27
Bastian Shvaynshtayger va Mario Getce Germaniya terma jamoasining navbatdagi o'yinlarida ishtirok etishmaydi.
Germaniya keyingi o'yinlarni JCH-2014 saralashi doirasidagi Avstriya va Farer orollariga qarshi o'tkazadi. Shvaynshtayger jarohati bois Yevropa Superkubogi doirasidagi Chelsiga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi, Getce esa o'sha o'yinda Ramiresdan kuchli zarba qabul qilib olib ikki haftaga safdan chiqqandi. 

Oldinroq terma jamoada Ilkay Gyundogan va Lukas Podolski ham o'ynay olishmasligi ma'lum bo'lgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru